АВТОРИЗОВАТЬСЯ НА ПРОЕКТЕ
ADD REVIEW ABOUT HOTEL
  • Лента уведомлений
  • My upcoming hotel stays
No status
778 +0 Прирост читательского охвата
за последние 30 дней
Readership
Vacation as a Family with children in August 2021
05.08.21 - 15.09.21
- Recommend this hotel
4.7
  • 5- accommodation
  • 5- service
  • 5 food
Correct review
Affects the hotel's rating

Bu yerdagi narxlar mehmonhona sifati va xizmatlar sifatiga mos keladi!

Translate

Avgust oyida biz shu mehmonhonada oilamiz bilan dam oldik. Shu mehmonhonani tanlashdan oldin mehmonhona haqida yozilgan sharhlarni o’qib chiqdik. U yerdagi sharhlar ichida mehmonhonani yomonlab yozilgan sharhlar ham bor edi. Ularni o’qib chiqib bildimki u odamlar mehmonhonada o’zlarini yaxshi tutishmagan va shuning uchun ham o’zlariga yarasha muomala olishgan.

Mehmonhona judayam kata va chiroyli ekan. Yashil maydonlari ham chiroyli ekan, lekin sal kamroq ekan. Narx va sifat bir-biriga mos keladi.

Bu mehmonhonaning birgina menga yoqmagan tomoni bu hona uchun qo’shimcha pul to’lamasangiz sizga hech narsani tushuntirishmas ekan. Qayerda ovqatlanish, qayerda kiyim almashtirish va shunga o’xshagan narsalar. Receptionda kutib o’tirdik. Boshida kelib hona uchun yana 50$ qo’shimcha haq to’lashimizni aytishdi, biz esa ko’nmadik. Oradan vaqt o’tgandan keyin yana kelishdi va 20$ ga hona taklif qilishdi va biz o’sha honani oldik. Hona judayam zo’r ekan. Hona dengizga qaragan ekan. Men har doim dengizga qaragan yotoqhonam bo’lishini orzu qilgandim. Wifi uchun kuniga 2$ dan to’ladik. Mehmonhonaning menga yoqmagan tomonlari shu bo’ldi.

Ovqatlari judayam zo’r ekan. Hohlagan ovqatizdan topa olasiz va eng asosiysi ovqatlar judayam shirin. Diyetadagilar uchun ham ovqatlar bor. Kamdan kam holatlarda navbatda turardik chunki navbatda turib grilda qilingan tovuq yoki baliq olishdan ham qiziqroq narsalar bore di. Masalan mevalar banan, olma, shaftoli, nok. Judayam ko’p ko’katli salatlar. Oshxona hodimlari qolib ketgan ovqatni ertangi kun uchun saqlamas ekan. Masalan tushlik tugagandan so’ng hamma qolib ketgan ovqatlarni bitta kata idishga to’kishadi.

Mehmonhonada o’zining plyaji bor. Plyajda odamlar ko’p, yotadigan joylarni band qilish uchun vahliroq borib olmas edik chunki har doim bo’sh yotadigan joylar bor edi. Ba’zi paytlar tashlandiq qo’shni mehmonhonaning plyajiga borar edik chunki u yerda tinchlik hukmron edi. Hovuzlar atrofida turklar ko’p yurishar edi, ayniqsa dam olish kunlari, slaydlar uzoq vaqt ishlab turar edi

Animatsiyalarni koronavirus sababli judayam kamaytirib yuborishgan. Kunduzi voleybol va hovuzda suv polosi. Aytishlaricha oldin darts ham bo’lgan ekan. Yosh bolalar uchun klub yuq, uning o’rniga akvapark bor.

Mehmonhonaga yaqin joyda ya’ni 15 daqiqalik yo’lda kichikroq bozorcha bor. U yerdan har hil mayda-chuydalarni olish mumkin. Avtobus bilan boshqa plyajga bordik. U yerga kirish uchun pul to’ladik. Kirgandan keyin 2 ta yotadigan joy va soyabon olish uchun yan 50 lira to’ladik. Bu plyaj judayam mayin qumlik, suzishni bilmaydigan va yosh bolalar uchun judayam qulay.

  • dengizga qaragan ko'p honalari bor
  • plyaj va uning yonida akvapark bor
  • wifi va seyf uchun qo'shimcha pul to'lashingiz lozim
Added: 23.11.2021 11:53
Статус отзыва: Correct review - Affects the hotel's rating 2 615 characters in the review
Не доверяю
автору
Не доверяю автору

Комментарии к отзыву ()

Чтобы добавить комментарий, необходимо авторизоваться
All reviews of the hotel (550) Previous rate Next rate All author's reviews (1)
Jahongir
Uzbekistan
Tashkent
Проверенный аккаунт
Турист
Sign up: 23.11.2021
  • Countries, cities: 1 / 1
  • Hotels: 1
  • Reviews: 1
  • Photos, videos:
  • Comments: 0
  • Readership: 778